+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Xiva shahridagi aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish davom etmoqda
Ноябрь 24, 2021 Xo'janiyazov Shohrux 403

Xiva shahrida boshlangan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda. Joriy yilning 1- noyabridan boshlangan ushbu tadbir ro‘yxatga olish amaliyotida o‘ziga xos tajriba maktabi vazifasini o‘tamoqda.

 

22- noyabr – uyma-uy yurgan holda aholini ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni. 23 — 25- noyabr kunlarida Xiva shahrida tashkil qilingan har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish ishlari amalga oshiriladi. 

 

Amaliyotning keyingi bosqichida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlari elektron bazaga kiritiladi, qayta ishlanadi va yakuniy ma’lumotlar shakllantiriladi.

     Shaxsga doir birlamchi ma’lumotlar qayta ishlash jarayonida maxfiylashtiriladi.

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishning yakunlari bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

ro‘yxatga olish dasturi, ro‘yxatga olish hujjatlari shakllari, ro‘yxatga olishni o‘tkazish usullari, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlari hamda foydalaniladigan axborot texnologiyalari sinovi natijalari tahlil qilinadi;

sinov natijalariga ko‘ra 2022- yil 1- iyunga qadar 2023- yildagi aholini ro‘yxatga olish dasturi, metodik qo‘llanmalar va normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va aholini ro‘yxatga olish yakunlarini shakllantirish zarurati yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.