Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2021-10-04 08:28:00 661 Chop etish

Ayni kunlarda Xonqa tumanidagi “Obod” mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan “Do‘rmon” suv taqsimlash inshoatida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu suv inshoanidagi ishlar “Xorazm Shoxnazar qurilish ta’mirlash” MCHJ tomonidan sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, belgilangan vazifalar noyabr oyi ohirlarida yakunlanishi reja qilingan.

Tuman hokimi tomonidan ushbu suv inshoatidagi olib borilayotgan ishlar jarayoni o‘rganilib, quruvchi va muhandislar bilan rejadagi ishlar yuzasidan fikrlar almashinildi.

Shuningdek, qurilish jarayonlari davomida uzoq vaqt obi hayot ya’ni toza suv yetkazib bera oladigan yangi inshoat barpo etishda alohida ma’suliyat bilan yondashish lozimligi takidlab o‘tildi.