Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2020-08-06 22:53:00 804 Chop etish

   O’zbek  xalqi  ko’p  ming yillik  tarixiy  hayot  yo’lini  bosib  o’tgan. Ana  shu  katta  tarixiy  taraqqiyot  o’zbek  xalqi  hayotida  muhim  ahamiyat  kasb  etgan.  Xalqimiz  yaratgan  buyuk  madaniy  va  ma’naviy sohadagi  beqiyos  yutuqlar  qadim  tarixga  ega  ona  tilimizning  cheksiz  imkoniyati bilan  bog’liq.  Har  bir  millatning  ona  tilisida  uning  bebaho xazinasi,  minglab  so’zlar  saqlanadi.  Har  bir  davrda  yashagan  xalq  vakillari  bu  so’zlarni e‘zozlab,  ularga  ishlov  berib,  so’zlar  xazinasini  boyitib,  keyingi  avlodlarga  avaylab  yetkazadilar. Bizning  o’zbek  tilimiz  ham  dunyodagi  eng  qadimiy  va  boy,  shirali tillardan  hisoblanadi.Bu  tilimiz  tarixiga  nazar  tashlasak,  M.Koshg’ariy,  Y.X.Hojib,  Lutfiy,  A.Navoiy,  Z.M Bobur,  Nodira,  Ogahiy  kabi  buyuk  zotlar  barakali  ijod  qilganlar.  Bu  ijod  namunalaridan bugungi  XXI  asr  avlodlari  ham  birdek  bahramanddir.  Muqimiy,  Fitrat,  A.Behbudiy,  Cho’lpon  va  A.Qodiriylar    uni  yangi  pog’onaga  olib  chiqdilar.  Davrlar  o’tib,  o’zbek  she’riyatining  G’.G’ulom,  H.Olimjon,  U.Nosir,  Mirtemir,  Zulfiya,  E.Vohidov,  T.Sulaymon,  A.Oripov,  Shavkat  Rahmon,  Muhammad  Yusuf kabi  porloq  yulduzlari  o’zbek  tilining  ko’zni  qamashtirgudek  nurlari  jilosini  o’z  satrlariga  tushira  oldilar.  Shu  jihatdan  M.Yusufning  ,,O’zbekiston’’  she’riga  diqqatimizni  qaratamiz.

   O,  Ota  makonim  onajon  o’lkam,

  O’zbekiston  jonim  to’shay  soyangga.

  Sendek  mehribon  yo’q,  seningdek  ko’rkam,

  Rimni  alishmasman  bedapoyangga.

       O’zbekiston  xalq  shoiri  Muhammad  Yusuf  (1954 – 2011)  Ona  Vatan  qadim  tarixini,  uning  beqiyos  go’zalligini,   tabiatini  betakror  ohanglarda  kuylay  olgan  ijodkordir.  Shoir  she’riyati  tili  ravon,  sodda  va  juda    jarangdor, ta’sirchan.  Shuning  uchun  ham  kitobxon  shoir  she’rlariga  maftun  bo’lganini  bilmay  qoladi.  Ayniqsa,  ,,O’zbekiston’’  she’ri  insonni  junbushga  keltiradi.  Bu  she’rni o’qisangiz,  M.Yusuf  xoynahoy  xorijda  ko’p  bo’lib,  Vatan  sog’inchini  dildan  tuygan ekan,  degan  degan hayolga borasiz.  Jumladan,  1 – bandida  Rimni  alishmasman  bedapoyanga,  - deydi.  2 – bandda  Rimdan  tashqari  boshqa  yurtda  ham  bo’lganini  aytadi.   Ya’ni:

    Qayga  borsam  suyab:  ‘’Boshni  tik  tut’’  deb, 

    Tog’laring  ortimdan  ergashib  yurar.

 3 – bandda  esa  shoir  o’zbegimning  bitta  tandiri  Parijning  eng  mashhur  restaronlaridan  afzal  ekanligini  aytadi:

    Ko’rdim  suluvlarning  eng  faranglarin,

    Yo  xudbinman,  yo  bir  sodda  kasman  men . -

    Parijning  eng  go’zal  restoranlarin,

    Bitta  tandiringga  alishmasman  men.

    She’rni  oxirigacha  o’qisangiz,  lirik  qahramonning  chet  elga   sayohati  chala  qoladi.  Chunki  u  O’zbekistonga,  nurli  o’lkaga  qaytishga  oshiqadi.  Ko’rinib  turibdiki,  adabiyot  nazariyasidan  yaxshi  xabardor bo’lmagan  bir  mutaxassis  bu  she’rga   suyangan  holda:  ,,Shoir  Muhammad  Yusuf  Rimda,  Parijda  bo’lgan  ekan,’’ –desa  to’g’ri  bo’ladimi?         

    Adabiyotshunos  olim   Sultonmurod  Olimning  ma’lumotiga ko’ra,  to’g’ri  bo’lmaydi.  Chunki  shoirning  yaqinlaridan  surishtirib  aniqlanishicha,  Muhammad  Yusuf  47  yillik  umri  davomida  hech  qanday  xorijiy  mamlakatlarda  safarda  bo’lmagan. Shoir  faqat  bir  martagina  Rossiyaga  Usmon  Nosirning xokini  olib  qaytish  uchun  tuzilgan  bir  hay’at  tarkibida  borib  kelgan  ekan.  Boshqa hech qanday horij safarida bolmagan ekan.

    Ammo  shunday  bo’lsa-da,  bu  she’rda  lirik  qahramon  sayohatni  chala  qoldirib,  Vatanga  qaytishga  ahd  qiladi.  Chunki  O’zbekistonni  uch  kunda  juda  sog’inib  qoladi.  Bahmalda  tug’ilgan  qo’zichoqni  arab  ohusidan  ustun  qo’yadi.  Bu  ham  Vatanga    mehrning  bir  ifodasidir.  Vatan  bag’rida  o’tgan  har  kun  bayramga  tenglashtiriladi.  Usiz  o’zini  zaif,  ojiz  sezadi.  Shuningdek,  Vatan  qadrini  anglab  yetganlarga  ta’zim  qilsa,   Vatan  qadrini   bilmaslarga  juda  achinadi.

   Darhaqiqat,  Vatan  qadrini  bilish  uchun  uni  tashlab  sayohatga  chiqish  shart  emasdir.  Qalban  Vataniga  bog’langan  har  bir  inson  qayerda  bo’lmasin,  uni  bir  har  qarich  yerini  ko’z  qorachig’iday  asraydi. 

     Sevimli  shoirimiz  Vatan  kuychisi  bo’lgan  Muhammad  Yusuf o’z ijodida  ona  tilimizning  nozik  ifoda  usullaridan  mohirona  foydalangan.  Bu  she’rni  o’qigan  har  bir  kitobxon  qalbida  Vatanimizga,  ona  tilimizga,  qadri  baland  millatimiz  qadriyatlariga,  bugungi   dorulomon  kunlarga  yana  bir  bor  muhabbat  hissini  tuyadi.

    Xonqa  tumani

 37-umumta’lim  maktabi  ona tili  va

  adabiyot  fani  o’qituvchisi

  Iskandarova  Muqaddas.