Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-12-08 09:25:00 217 Chop etish

8- dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

 

Bugun ushbu sana munosabati bilan yangi qiyofada faoliyat boshlagan madaniyat markazida tashkil etilgan bayram tadbiri o‘zgacha shukuhda o‘tdi

 

Tadbirni tuman rahbari Murodbek Davlatov o‘zining tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

 

Shundan so‘ng, tuman Adliya bo‘limi mutasaddilari Yangi konstitutsiyadagi o‘zgarishlar, uning mazmun – mohiyati, kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida axborot berib o‘tdi.

 

Shuningdek, yil davomida namunali faoliyat yuritgan turli soha vakillariga tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.