+998623991617 +998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Aholining ayrim toifalari kimlar va ular qanday tartibda ro‘yxatga...
Октябрь 14, 2021 Xo'janiyazov Shohrux 67

2023- yilda mamlakatimizda aholining yalpi ro‘yxatga olinishi munosabati bilan bugungi kunda ushbu tadbirga puxta va rejali tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Avvalo, bu borada jahon tajribasi o‘rganilib, ro‘yxatga olishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy normalar, nizom va yo‘riqnomalar ishlab chiqildi.

        Aholini ro‘yxatga olishda mamlakatning jami aholisi qamrab olinishi tadbirning ahamiyatini yanada oshiradi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkkamasining 2020- yil 11- noyabrda qabul qilingan 710-sonli qarorida ro‘yxatga olish jarayonida respondentlarga tegishli aholining ayrim toifalariga tegishli ma’lumotlarni yig‘ish tartibi belgilab berilgan. Aholining ayrim toifalariga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolari, harbiy xizmatchilar, maxsus muassasalarda saqlanayotgan fuqarolar, davlat qaramog‘iga olingan bolalar, boshpanasiz shaxslar kiradi. Ularni ro‘yxatga olish ishlari an’anaviy (respondent bilan bevosita bog‘lanib so‘rovnoma (elektron yoki qog‘oz shaklda) to‘ldirish orqali hamda internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

      Aholini ro‘yxatga olish jarayonida ushbu shaxslar o‘zlari bo‘lib turgan hududida ro‘yxatga olish vakolati berilgan tashkilotlar tomonidan ro‘yxatga olinadi.

 


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK
Оммабоб янгиликлар

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.