Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-05-02 07:45:00 388 Chop etish

Bugun Amudaryo qishlog‘i “Tayanch” mahallasida tuman hokimi Murodbek Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

 

Unda tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan o'z murojaatlarini bildirdilar.

 

Har bir murojaat soha mutasaddilarini jalb qilgan holda o‘rganilib, ijobiy yechimi yuzasidan qatʼiy muhlat belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.

 

Shuningdek, subsidiya asosida ipoteka krediti ajratilishi bo‘yicha murojaatchilarga tushuntirishlar berildi.

 

Qabul davomida joylardagi muammolarga sustkashlik bilan yondashib, aholi bilan muloqotlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmayotgan mahalla raislarining harakatsizligi tuman rahbari tomonida qattiq tanqid qilindi