+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Bugun tuman hokimi M. Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib...
Октябрь 14, 2021 Xo'janiyazov Shohrux 629

 

Joylarda aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishga doir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xonqa tumani hokimining fuqarolar bilan uchrashuvlar utkazishi, sektor rahbarlarining hududlardagi sayyor qabullari hamda ba’zi murojaatlarga joyida yechim topilayotganligi bunga yaqqol misol.

Bugun tuman hokimi M. Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda moddiy yordam, uy-joy, bandlik, nafaqa puli ajratilishidagi muammolar, sog‘ligini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar yuzasidan 25 nafardan ziyod eldoshlarimiz tomonidan murojaatlar bildirildi.

Shuningdek, qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishliligi bo‘yicha murojaatlarni o‘rganish, ijrosini qonun doirasida ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.