Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-02-10 09:22:00 301 Chop etish

Bugun tuman hokimi Murodbek Davlatov mebelchilik sanoat zonasidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, mebelsozlar bilan muloqot olib bordi

Suhbat davomida qurilish ishlarini kechiktirmasdan boshlash hamda loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Shuningdek, har bir tadbirkorning muammolari batafsil o‘rganilib, imkoniyatlardan kelib chiqib tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar yaratilishi taʼkidlandi

 

Tuman rahbari dastlab “Mebelchilik kichik sanoat zonasi” hududida elektr va tabiiy gaz taʼminoti bilan bog‘liq masalalarni kechiktirmasdan tezda hal qilinishi bo‘yicha soha mutasaddilariga qatʼiy topshiriqlar berdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: mebelsozlik zonasida mebelsozlar tomonidan 60 dan ziyod yangi loyiha amalga oshirilishi mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda