Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-10-20 04:58:00 207 Chop etish

 

Xonqa tumanida 166 nafar hunarmandlar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 64 nafari ayollar, 57 nafarni yosh hunarmandlar tashkil etadi.

 

Ayni kunlarda ustoz shogird anʼanalari asosida hunarmandchilikning 15 dan ziyod yo‘nalishda 500 ga yaqin yoshlar hunar o‘rganib kelmoqdalar.

 

Kuni kecha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik anʼanalarini yana-da rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish” nomli davlat granti loyihasi doirasida ko‘rgazma tashkil etildi.

 

Unda 86 nafar ishsiz kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar tikuvchilik, ko‘rpachilik, o‘yinchoq yasash va quroqchilik kabi hunar sirlarini o‘rganishga yo‘naltirildi.