Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-03-11 09:37:00 178 Chop etish

Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatovning murojaati

Muhtaram Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli taʼminlash maqsadida Xonqa tumanida qolaversa, 1-sektor hududida amala oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan:

- Kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 100 mln.so‘mgacha va kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 mlrd.so‘mgacha 18 foizdan 7 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davri bilan kredit mablag‘larni ajratiladi.

Shundan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish uchun tumanimizda 125 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

 Ushbu mablag‘ hisobiga mahallalarda 757 ta loyiha amala oshirilishi va 4 ming 100 ish o‘rinlari yaratish belgilandi.

1-sektor hududida 13 mahallada224 ta loyihaga 37 mlrd.so‘m ajratib, 1 ming 200 ta ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Shuningdek, mahallalarda ishsizlikni yo‘qotish, aholi bandligini taʼminlash maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tumandagi 456 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq boqish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz aholimizni bandligini taʼminlash maqsasida 320 ta xonadonda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi.

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan tumandagi “Do‘stlik” mahallasida 62 ta loyihadan iborat Mebelchilik sanoat zonasi tashkil etilishi belgilangan edi.

 

Ayni damda ushbu manzilda tadbirkorlarga yetarlicha sharoitilar yaratilishi taʼminlanmoqda va yil yakuniga qadar ishga tushunilishi rejalashtirilgan.

Tuman markaziga tutash hududda 10 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 17 ta ko‘p qavatli uy qurib, 408 ta oilani yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek “Inson salomatligi hamisha birinchi navbatda” bu borada ham belgilangan vazifalar salmoqli.

Xususan, 1974 yilda qurilgan tuman markaziy shifoxonasi binosi taʼmirtalab ahvolda va bo‘limlar tarqoq joylashgan edi.

Ushbu shifoxona o‘rnida zamonaviy tibbiyot birlashmasi kompleksi qurilishi 2025 yil davlat dasturiga kiritildi va barcha xonqaliklarni birdek quvontirdi 

Tumanda qo‘l mehnati asosida gilam to‘qish, ipakchilikva gilamchilik kooperatsiyalarini tashkil qilish, oilalarni o‘qitish, xonadonlarga ixcham uskunalar o‘rnatish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash garovsiz kredit berish orqali loyihalar ishlab chiqib aholi bandligini taʼminlashga yo‘naltiriladi.

- investitsiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga 1 137 nafar

- savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘zini o‘zi band qilish va imtiyozli kreditlar ajratish hamda norasmiy band bo‘lgan aholini faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga4 ming 800 nafar,

- qishloq xo‘jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 17 ming 231 nafar,

- dehqonchilik qilish uchun 1 ming 520 nafar yoshlarga 300  gektar yer maydonlari ajratilishi rejalashtirildi.

- qurilish sohasida aholini doimiy ishlarga jalb qilish va legallashtirish hisobiga 753 nafar, fuqaroning bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek, aholini kichik va o‘rta biznesga jalb qilish orqali 9 ming 411 nafar fuqarolarni bandligi taʼminlanadi.

“Har bir kunimiz, faoliyatimizning negizidan bitta maqsad mujassamdir, u ham bo‘lsa xalqimizni bizdan rozi bo‘lib yashashiga erishishdir” deya yakunlanadi tuman rahbarining murojaatnomasi.