Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-09-26 10:02:00 445 Chop etish

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Open budjet” bu haqiqatmi yo bu xalqni aldashmi sarlavhasi ostida video murojaat tarqaldi

Murojaatda asosan “Guliston” mahallasida joylashgan 19 - sonli maktab binosi tom qismi o‘tgan yili taʼmirlanganligi va bu yil ham “Ochiq budjet” portalining 2- mavsumida binoning tom qismini to‘liq yangilash taklifi g‘olib bo‘lganligi tanqid ostiga olinadi.

O‘tgan ikki yil davomida mazkur maktabda ichki imkoniyatlardan kelib chaqqan holda mahalla yoshlariga taʼlim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2021 yilda “Ochiq budjet” portali orqali qiymani 45 million so‘mlik isitish tizimini yangilash hamda 2 ta isitish qozoni o‘rnatish bo‘yicha bildirilgan taklif g‘olib bo‘lgan va belgilangan ishlar to‘liq bajarilgan.

Shuningdek, tuman hokimligi hamda homiylar yordamida binoga kirish yo‘lagining 150 metr kvadrat tom qismi taʼmirlanib, maktab hovlisidagi 120 metr kvadrat maydon burchatka qilingan hamda yo‘laklar, tibbiyot xonalari va hojatxonalarning holati yaxshilangan.

2022 yil “Ochiq budjet” portalining 1- mavsumida 200 million so‘m evaziga maktab atrofini devor bilan o‘rash taklifi g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, rejadagi ishlar 2022 – 2023 - o‘quv yili oldidan to‘liq bajarilgan.

Hozirda mavjud 3 ta binoda 1075 nafar o‘quvchi 2 smenada taʼlim olib kelmoqda. Binolarning tom qismi 1976 yilda shifr qilingan va ayni damda taʼmirtalab holatga kelib qolgan.

Joriy yilning 24 avgustdan 17 sentyabrigacha bo‘lib o‘tgan Tashabbusli budjet 2- mavsum ovoz berish jarayonida mahalla ahli hamda o‘qituvchilarning tashabbuslari bilan 750 million so‘m evaziga binonining tom qismini yangilash taklifi eng ko‘p ovoz to‘plagan xolda g‘olib bo‘ldi. Tanlov asosida quruvchi tashkilot aniqlangandan keyin belgilangan ishlar amalga oshirilishini maʼlum qilamiz