Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-04-25 10:20:00 22 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqa tumanida tanlov qanday o‘tkazilgan?” sarlavhasi ostida murojaat yuzasidan Rasmiy munosabat

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

2024 yil 5 aprel kuni Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida  tanlov o‘tkazish to‘g‘risida tuman hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon berilgan va ishchi guruhi shakllantirilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 6 ta fermer xo‘jaligi tomonidan ariza va tegishli hujjatlar taqdim qilingan.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish 2024 yil 18 apreldan to‘xtatilgan  va 19 aprel kuni soat tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida tanlov o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 iyundagi № 381-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan o‘tkazilgan  tanlov natijalariga ko‘ra 5 ta jumladan, “Xikmatulla Raxmatulla”, “Madrim Doston”, “Allabergan Sarojon”, «Odilbek» va “Ko‘pal polvon” fermer xo‘jaliklari tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan

Tanlov o‘tkazilishi bo‘yicha qaror loyihasi 2024 - yil 9 aprel kun tayyorlangan va “E-qaror” elektron tizimiga yuklangan. Tuman hokimi xizmat safarida bo‘lganligi sababli qarorni imzolash muddati kechiktirilgan.  Tuman hokimi xizmat safaridan qaytib kelgandan keyin qaror loyihasi imzolangan.