Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Imtiyozga ega bo‘lmagan 64 nafar bemorlarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda
Ayni kunlarda Xonqa tumanida yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bemor 64 nafarni tashkil qilib, ularni sog‘ligini tiklashda ko‘maklashishda bosqichma-bosqich amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Misol uchun aprel oyi davomida ushbu bemorlarning 16 nafarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Hozirda qolgan 48 nafar bemorlar yuqori darajali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, II-III choraklardagi jarrohlik amaliyotiga tayyorlanmoqdalar.