Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2021-10-13 08:43:00 698 Chop etish

  
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI  


 
Xonqa tuman hokimligida "Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p qavartli turar joy fondini  kuz-qish davrida  tayyorgarlik holatini ta’minlashga doir chora-tadbirlar tug‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash  maqsadida hamda yong‘in, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashini oldini olish mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi boshchiligida o‘tkazilgan ushbu muloqotda  tumanda faoliyat olib borayotgan barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari va xodimlari, mahalla raislari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
 
 Tumanda Mavsumga tayyorgarlik doirasida bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar va oldinda qilinajak vazifalar yuzasidan Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i U.Tursunbayevning hisoboti tinglandi.

 

Shuningdek,  mavzuga doir muammoli masalalar yechimi yuzasidan  bildirilgan takliflar muhokama qilinib, har sohada tegishliligi bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab olindi.