Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2021-10-02 11:23:00 588 Chop etish

Xabaringiz bor “Katta kuch” hamda “Navro‘z mahallalarida dastur doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

Mahalla faollari tashabbusi bilan endilikda ushbu dasturga “Obod” mahallasida ham  kiritilib, ayni kunlarda ishlar boshlab yuborilgan.

Tuman hokimi M. Davlatov dastur doirasida olib borilayotgan ishlar jarayonlarini ko‘zdan kechirib, mahalla fuqarolari bilan samimiy suhbatlar olib bordi.

Dastur doirasida ushbu mahallada ichimlik suvi, ichki yo‘llardagi muammolar, elektr ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 220 o‘rinli yangi bog‘cha, hamda QVP binolarida qurilish ta’mirlash ishlari boshlab yuborigan bo‘lib, yangi maktab binosi esa allaqachon faoliyatini boshlab yuborgan.

O‘rganishlar davomida ko‘chalarda ishlar qizg‘in bo‘lishiga qaramasdan mahallaning katta ko‘pchilik qismida ayniqsa xonadonlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmayotganligi ba’zi fuqarolarning atrofdagi hodisalarga befarqlik bilan qarayotganligi aniqlandi.

Bu kabi ishlarda mahalla raisi tashabbuskor bo‘lishi, turli tadbirlar tashkil etib obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi