Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
«Ochiq byudjet» axbort portali orqali tumanimiz aholisi tomonidan 598 ta takliflar bildirildi.
Belgilangan mezonlardan kelib chiqib, 598 taklifdan 284 tasi qabul qilinib SMS orqali ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi va 59249 ta ovoz to‘plandi.
yakuniy natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan 11 ta taklif g‘olib deb topildi.
G‘olib bo‘lgan takliflar:
1. Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi moddiy texnik bazasini rivojlantirish (quyosh panellari va geliokollektorlarni yangidan o‘rnatish.) – 1 mlrd 200 mln so‘m 4191 ta ovoz.
2. Xonqa tumani Sarapayon qishlog‘i Paxtagul maxallasi "Madaniyat uyi" xozirgi kunda taʼmirtalab bo‘lib kolganligi sababli taʼmirlash. – 1 mlrd 100 mln so‘m 2942ta ovoz.
3. Paxtakor mahallasi Barkamol Avlod ko‘chasining 1600 metr qismini asfalt qoplamasini yotqazish. (51-son UUTM ga bolalar kelib ketish yo‘li) – 1 mlrd 200 mln so‘m 2614 ta ovoz.
4. Yangi xayot ko‘chasi 1-yo‘lak 500 metriga eni 4.5 metr bo‘lgan beton qoplamali yo‘l yotqizish. – 1 mlrd 200 mln so‘m 2344 ta ovoz.
5. Xonqa tumani Axillik maxallasida joylashgan Xonqa tuman 2-son kasb-hunar maktabiga zamonaviy kuyosh panellarini o‘rnatish, – 460 mln so‘m, 2328 ta ovoz.
6. Xonqa tumani 38-son umumtaʼlim maktabni moddiy texnik bazasini rivojlantirish (quyosh panelllari, Gele kollektor, ko‘mirga moslashtirilgan qozonlarni sotib olish va o‘rnatish). – 310 mln so‘m, 2236 ta ovoz.
7. Xorazm viloyati Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi moddiy texnik bazasini rivojlantirish (qo‘mirga moslashtirilgan qozonlarni sotib olish, o‘rnatish va taʼmirlash hamda suv minoralarini o‘rnatish.) – 1 mlrd 200 mln so‘m 2170 ta ovoz.
8. Xonqa tuman 49-IDUMga quyosh panellari o‘rnatish. – 300 mln so‘m, 2135 ta ovoz.
9. Xorazm viloyati Xonqa tumani 22-son Maktabga quyosh panellarin o‘rnatish. – 120 mln so‘m, 2071 ta ovoz.
10. Xonqa tumani 28-son umumtaʼlim maktabni moddiy texnik bazasini rivojlantirish ( quyosh panelllari, Gele kollektor sotib olish va o‘rnatish). – 190 mln so‘m, 2021 ta ovoz.
11. 6-son maktabgacha taʼlim tashkilotini moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun (quyosh panellari, gellikollektor, ko‘mirga moslashtirilgan qozonlar sotib olish va o‘rnatish). – 290 mln so‘m, 1976 ta ovoz.