Seminarda mahalla yettiligi, tomorqa xo‘jaligi rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etdilar.
Endi raqamlarga to‘xtalsak: o‘tgan 2022-2023- yillar davomida tuman bo‘ylab 4 ming 749 nafar fuqarolarga 1 ming 361 gektar yer maydonlari elektron savdolar orqali 30 yilga ijaraga berildi.
Joriy yilda ham dehqon (shaxsiy tomorqa) xo‘jaliklari soni ortishi kutilmoqda.
Seminar ishtirokchilariga tomorqa xo‘jaliklari kooperatsiyasini rivojlantirish, hosil hamda daromadni oshirish borasidagi tavsiyalar berildi.