Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-07-29 09:47:00 231 Chop etish

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaati, juda ta’sirli va o‘z o‘rnida o‘rinli yo‘llangan murojaat  bo‘lib bu murojaatni o‘qib g‘oyatda ta’sirlandim, bugungi kunda yoshlarga yaratilgan e’tibor va imkoniyatlar biz yoshlarni yanada teran fikirlashga ma’nan yuksalishga chorlovchi murojaat bo‘lganligi uchun e’tiborimdan chetda qolmadi.

Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni guvohi bo‘lar ekanmiz, inson qadri ulug‘langan, jamiyat osoyishtaligi ta’minlangan, xalqi emin-erkin hayot kechirayotgan jannatmakon o‘lkada yashayotganimizni  chuqur anglamoqdamiz.  Afsuski, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli dunyoda inson qalbi va ongiga turli yot g‘oyalar, axborot xurujlari, tahdidlar kundan kunga ta’sir qilishga urinmoqda. Diniy ekstremizm, radikalizm, axloqsizlik, korrupsiya, jinoyatchilik kabi jirkanch illatlar hali hayotda o‘z yo‘lini topib ulgurmagan, hissiyotlarga tez beriluvchan, ma’naviy-mafkuraviy immuniteti bo‘sh yoshlarimizni o‘z domiga tortish urinmoqda. Ushbu murojaatda ana shunday holatlar keng tahlil qilinib, ularni bartaraf etish maqsadida butun bir jamiyat: ota-onalar, ziyolilar, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, nuroniylar uchun g‘oyatda o‘rinli chorlovni ko‘rish mumkin.

Ma’naviyat sohasining bir vakili sifatida murojaatda ayniqsa, yoshlarga qaratilgan fikrlar va yangiliklar e’tiborimni tortdi.

Unda Yangi O‘zbekistonda yangi madaniy va ma’naviy makon yaratishda, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimiz ongini, dunyoqarashini islohotlarimiz jarayonida ilgari surilayotgan zamonaviy g‘oyalar asosida shakllantirish borasida ziyolilarning ta’siri beqiyos ekanligi ta’kidlanadi.  Darhaqiqat, globallashuv jarayonida kechayotgan voqea-hodisalarni to‘g‘ri talqin qila oladigan, har bir voqelikni milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida tahlil qila oladigan,  har qanday yot g‘oyalarning ta’siriga berilib qolmaydigan, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilib, asrab-avaylaydigan, har tomonlama yuksak bilim va salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalash biz, ziyolilar oldida turgan birinchi navbatdagi eng dolzarb masaladir.

Yurtimizda azal azaldan yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darachasiga ko‘tarilgan bo‘lib. Barcha alloma va mutafakkirlar, millatning ziyolilari jamiyat rivoji, mamlakat farovonligi, tinchligi-yu hotirjamligini yoshlar tarbiyasi bilan bog‘laganlar. Bu bejizga emas. Qayerda tarbiya masalasini ta’lim bilan, milliy qadriyat, an’analar bilan uzviy bog‘liqlikda hal etishga harakat qilingan bo‘lsa, o‘sha joyda rivojlanish, taraqqiyot bo‘lgan. Yoshlar ta’lim – tarbiyasiga e’tiborsizlik qilingan joyda esa inqirozlar, milliy  o‘pirilishlar sodir bo‘lavergan. Shu jihatdan, ushbu murojaatda keltirilgan fikrlar yoshlarimiz uchun  ham muhim chorlov bo‘ldi, deb ayta olamiz.

Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash joiz. Bugun yurtimizda yoshlar uchun misli ko‘rilmagan imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Davlatimiz yoshlarni kelajagi uchun har tomonlama chuqur o‘ylangan siyosat yuritmoqda. Ayniqsa, ta’limga e’tibor juda kuchli. Boisi, yurt taraqqiyoti va ertangi kunini sifatli ta’lim-tarbiya olgan, keng mushohada yurita oladigan, yuksak salohiyatga ega yoshlar belgilaydi. Yurtboshimiz, xalqimizning bunday yuksak ishonchini oqlagan holda, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni qadrlab, undan har tomonlama unumli foydalanishlari har bir yosh avlodning Vatanimiz va mamalakatimiz ahli oldidagi insoniy burchi sanaladi.

Muhabbat Safayeva

Xonqa hayoti gazetasi bosh muharriri Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi.