Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-03-02 09:25:00 24 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumani Istiqlol mahallasi hududidan o‘tuvchi zovur mahalliy aholi tomonidan chiqindixonaga aylantirilayotgani yuzasidan  murojaat tarqaldi.

Xonqa tumanida sug‘oriladigan 27555 gektar yer maydonlarini meliorativ xolatini saqlab turish uchun 1000 km uzunlikda kollektor zovur tarmoqlari mavjud.

Mavjud kollektor-zovur tarmoqlarini texnik soz xolatda ishlab turishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Sug‘oriladigan yerlarning  meliorativ  xolatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  2008  yil 28 noyabrdagi                                №261-sonli qarori talabidan kelib chiqqan xolda  5 yildan bir marta tuman xalq deputatlari kengashi qaroriga asosan taklif qilingan kollektor zovur tarmoqlarida  taʼmirlash tiklash ishlari o‘tkazilib kelinmoqda.  Xonqa tumanida o‘tgan 2023 yilda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021  24 fevraldagi №PQ-5005-sonli qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha 3 ta obyektda Ablko‘l 39.3 km , Polvon-chapqirg‘oq 24.065 km va Gozovot – toma 47.6 km kollektorda jami 111 km  uzunlikda 2059.83 mln so‘mlik taʼmirlash tiklash ishlari tender asosida bosh pudratchi  “Ko‘shko‘pirmaxsussuvpudrat” va “Bog‘otmaxsussuvpudratDUQ tomonidan amalga oshirilib, 3870 ga  yer maydonlarida Meliorativ xolati yaxshilanishiga erishilgan.Joriy 2024 yilda  PQ 5005 –sonli qarori ijrosi bo‘yicha 2 ta obyektda yildan yilga o‘tuvchi G‘ozovot-Toma kollektorini qolgan qismi  46,1 km va 1 ta yangidan boshlanuvchi  92.1 km uzunlikdagi “Urgan-Arna bo‘ylama” kollektorini tizimli taʼmirlash-tiklash rejalashtirilgan. Oxirgi tozalangan yili 2017 yilda o‘tkazilgan. Ushbu kollektor Xonqa tumanining Qaramozi , Xonqaobod  va Sarapayon xududlariga xizmat qiladi va shuningdek 6.0 km uzunlikdagi temi yo‘l bilan yonma-yon joylashgan “Temir” yo‘l kollektor tarmog‘i xam loyixa tarkibiga kiritilgan.Ushbu obyektda “Xorazmsuvloyixaloyixalash MCHJ loyixalash ishlari o‘tkazilib, yaqunlash arafasida. Tez kunlarda loyixa asosida o‘tkaziladigan pudrat tashkilotlarini aniqlash uchun tender savdolari o‘tkazilishini maʼlum qilamiz.