Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-03-09 09:30:00 20 Chop etish

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xonqa tumani “Muqaddas” mahallasidagi yo‘l transport hodisalari xavfi yuqori bo‘lgan Oltin meros va Olmazor ko‘chalari kesishmasiga svetofor o‘rnatilgani, biroq haligacha ishlamayotganligi” yuzasidan xabar tarqaldi.

 Joriy yilning 28 iyul kuni Xonqa tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi va “Yashil chiroq” maʼsuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda ushbu chorrahasiga svetofor qurilmasini o‘rnatish bo‘yicha 11-sonli shartnoma tuzilib, ushbu tuzilgan shartnomaga asosan “Yashil chiroq” MCHJ tomonidan svetofor qurilmasi o‘rnatilgan.        

 Ayni damda Xonqa tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan moliyalashtirish ishlari yakunlanmagan.

Shartnomada belgilangan moliyalashtirish ishlari amalga oshirilgandan keyin chorrahaga o‘rnatilgan svetofor qurilmasi soz holatda ishlashi taʼminlanadi.