Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-01-31 08:13:00 310 Chop etish

Sayyor qabul

Tumanning chekka hududlaridan biri bo‘lgan Navhos qishlog‘i “Znahos” mahallasida tuman hokimi Murodbek Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

 

Qabul davomida 20 nafarga yaqin fuqarolar elektr taʼminoti, tomorqa yerlari, kadastr, ichki yo‘llar, moddiy va tibbiy yordam masalalari bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirdilar.

 

Jumladan, “Madaniyat” mahallasida yashovchi Rustam Matkarimovning mahalla chekkasidagi kichik qabristonga qarashli binoni elektr taʼminotiga ulash masalasi o‘z yechimini topdi va bu yuzadan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

 

Bugungi bildirilgan murojaatlarning aksariyati yuqoridagi kabi qonun va belgilangan mezonlar asosida yechimini topgan bo‘lsa, baʼzi murojaat egalariga tushuntirish va tavsiyalar berildi.

 

Shuningdek, “Znahos” mahallasining markazidan olisda yashab kelayotgan bir guruh fuqarolarning hududdagi tuproq yo‘llar holatini yaxshilash hamda elektr taʼminoti kabi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

 

Fuqarolar bilan suhbat davomida hudaddagi o‘quvchilarni maktabga olib boruvchi transport qatnovini yo‘lga qo‘yish va yo‘l yoqasiga bekatlar o‘rnatish lozimligi taʼkidlab o‘tildi.

 

 Bundan tashqari tuproq yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizilishi hamda elektr tarmoqlarini o‘tqazilishi bo‘yicha takliflar kiritilishi bo‘yicha soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi.