Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-04-05 03:30:00 26 Chop etish

Urug‘lik sholi bilan shug‘ullanuvchi hududlaridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

ishlab chiqaruvchilari rahbarlari diqqatiga!

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021-yil 2-fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4973-sonli qarori ijrosini tizimli ta’minlash, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 4-apreldagi
№04/27-06/573-sonli xatida ko‘rsatib o‘tilgan topshiriqlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi “Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi №381-sonli qarorning Nizom talablariga muvofiq, tumanda urug‘lik sholi yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun qishloq xo‘jaligi sub’ektlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

     Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari 2024-yil tanlovda qatnashish istagini bildirgan  qishloq xo‘jaligi sub’ektlarning hujjatlarini joriy yilning 5-apreldan 18-aprel kuniga qadar  tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlarini so‘raymiz.

     Ariza va hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 18-apreldan to‘xtatiladi va fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov Xonqa tumani qishloq xo‘jaligi binosida 2024-yil 19-aprel kuni       soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 39-91-174 va 97-791-23-64 telefon

raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.