Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-03-12 07:02:00 133 Chop etish

Xonqa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4- sektor rahbari Davronbek Qo‘chqarovichning MUROJAATI

Hurmatli Prezidentimizning 2024 yil 29 fevral -1 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli taʼminlash maqsadida 4-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Davlatimiz rahbarining tashriflari davomida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 4-sektorda quyidagi yo‘nalishlarda kredit mablag‘lari berildi.

Jumladan:

- Kichik va o‘rta biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlash uchun garovsiz 4-sektor hududimdagi 9 ta mahallalarda155 ta loyihaga 25 mlrd.so‘m ajratib, 848 ta ish o‘rinlari yaratish;

- oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida intensiv usulda baliq boqish uchun kichik hajmdagi basseyn tashkil qilish uchun 4-sektor hududida esa 83 ta xonadonlarda baliq ko‘li tashkil qilish;

- xonadonlarda tikuvchilik, parranda, chorva, asalari, bog‘dorchilik va boshqa sohalarda asbob-uskunalar olib tadbirkorligini boshlashi uchun xonadonlarni manzilli ro‘yxati asosida 509 mln.so‘m subsidiya ajratilishi hisobiga 148 nafar ishsiz aholimizni bandligini taʼminlanishi bilan bir qatorda oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi.

- 4-sektordagi 9 ta mahalladagi har bir aniqlangan ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash hamda mahallalarda 3 ta kambag‘al oilalarni tomorqasi namunali tashkil qilinib, xonadonlarga tumandagi salohiyatli tadbirkorlarni bog‘lab, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotni eksport va ichki bozorga chiqarishga yordam berish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi hamda nazoratga olindi.

Tumanda bo‘sh turgan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha mahalladagi hokim yordamchilari, kadastr bo‘limi, qurilish bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi hamda nazoratga olindi.

Sektordagi 9 ta mahalla to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, bo‘sh turgan bino va yer maydonlar tadbirkorlik qilish uchun auksion savdolariga chiqarilishi nazoratga olindi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida paxta-to‘qimachilik klasteri “Xorazm TEXMCHJ tomonidan 5 mingta  aholini doimiy band qilish bo‘yicha alohida “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi va ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan sholichilikda hosildorlikni 150 sentnerga chiqargan dehqonlarga mahsulotini yarimni yaʼni 50 foizini eksport qilishga ruxsat berildi.

Tumanda 5 ta mahallada ochilgan mahalla aholisidan sutni yig‘ish markazlari hokim yordamchilari tomonidan bepul qabul qilish tizimi ishlab chiqildi.

Shuningdek, 2024 yil yakunigacha tumanda 5 ta mahallada sut yig‘ish markazlarini tashkil qilib, hokim yordamchilariga bepul o‘tkazib berish topshiriladi.

Viloyatni 233 kilometr yo‘lini “hajm” usulida taʼmirlashga Osiyo infratuzilma bankidan 90 million dollar ajratish belgilandi. Bu bo‘yicha 3 ta asosiy yo‘limiz Xonqa-Yangiariq yo‘li, Paxtakor Xonqa yo‘li (Un zavodi oldi) va Znaxos yo‘llari jami 15 km uzunlikdagi yo‘llar dasturga kiritildi.

Tuproqqalʼa, Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan o‘tgan “4R-156” avtomobil yo‘lining 84 kilometri, (shundan Xonqa tumani hududida 19 km) sement beton qoplamaga o‘tkazishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 250 million dollar mablag‘larini jalb qilish belgilandi.

Tuman markaziy shifoxona o‘rnida zamonaviy tibbiyot birlashmasi kompleksi qurilishi uchun 100 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi, qayta qurish loyihasini ishlab chiqib,2025 yil davlat dasturiga kiritiladigan bo‘ldi.

Tumanda qo‘l mehnati asosida gilam to‘qish, ipakchilikva gilamchilik kooperatsiyalarini tashkil qilish, oilalarni o‘qitish, xonadonlarga ixcham uskunalar o‘rnatish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash garovsiz kredit berish orqali loyihalar ishlab chiqib aholi bandligini taʼminlashga yo‘naltiriladi.

Hurmatli Prezidentimizni yuqoridagi topshiriqlardan kelib chiqib, o‘zim boshchilik 4-sektor hududida yil yakunigacha oldimizga qo‘yilgan barcha topshiriqlarni ijrosini so‘zsiz bajarishni hamda eng asosiysi sektor hududini ishsizlikdan holi hududga aylantirish maqsadida har bir mahallani ixtisoslashuvidan kelib chiqib joriy yil yakuniga qadar5,09 mingta yangi ish o‘rinlari yaratishni belgilab olindi. Jumladan:

- investitsiya dasturi doirasida loyihani ishga tushirish hisobiga 59 nafar;

- savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘zini o‘zi band qilish va imtiyozli kreditlar ajratish hamda norasmiy band bo‘lgan aholini faoliyatini rasmiylashtirish hisobiga1024 nafar;

- qishloq xo‘jaligida doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilish hisobiga 2 ming 98 nafar;

- qurilish sohasida aholini doimiy ishlarga jalb qilish va legallashtirish hisobiga 132 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanadi.