Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-10-24 01:27:00 366 Chop etish

“Madaniy yer” mahallasida yangi “Mahalla tibbiyot punkti" ish boshladi.

“Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” tamoyili asosida o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ko‘plab islohotlar hayotga aylantirildi. Xususan, oilaviy shifo maskanlarining holatlari hamda tibbiy xizmat darajasi yaxshilandi.

 

Chekka hudud aholisini uzog‘ini yaqin qilish hamda dastlabki tibbiy xizmatlardan foydalanishlari uchun bosqichma-bosqich faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Mahalla tibbiyot punktlari” ni bunga misol deyish o‘rinli.  

 

Bugun ana shunday tibbiyot maskanlarining navbatdagisi “Madaniy yer” mahallasida o‘z faoliyatini boshladi.

 

46 - sonli oilaviy poliklinikasi qoshida “Mahalla tibbiyot punkti" sifatida yangi ish boshlagan tibbiy maskanda 1 nafar umumiy oila shifokori, 6 nafar potranaj hamda emlash hamshiralari faoliyati yo‘lga qo‘yildi va kunduzgi statsionar davolash xizmatlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.