Bugun tuman hokimi Ulug‘bek Davlatovning tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli o‘tkazildi. | xonqahokimiyat.uz
Unda tuman bo‘ylab kelgan tadbirkorlarning takliflari, faoliyatlarini yana-da rivojlantirishga to‘siq bo‘lib turgan muammoli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Muloqot davomida elektr tarmoqlari, kadastr, yangi biznes loyihalarni moliyalashtirish, kredit to‘lovlari bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi.

Mavjud muammolar tegishli soha masʼullari ishtirokida o‘rganilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.

English
Xonqa tumani hokimligi