Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-12-12 05:44:00 512 Chop etish

Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.

 

Sana munosabati bilan dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.

 

Tuman hokimi Murodbek Davlatov joriy yilda qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

 

 Saxovatli zaminimizda go‘zal hosil bayrami nishonlanayotgan shu fayzli damlarda yangi O‘zbekiston ravnaqi va aholi farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan, qadoq qo‘li va fidoyi qalbi bilan elimizning rizq-nasibasini yaratayotgan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan mohir dehqon va fermerlar, bog‘bonlar, chorvador va pillakorlar, suvchilar, irrigatorlar va melioratorlar, agronom va mexanizatorlar, klaster rahbarlari va ishchi-xodimlari, dehqon xo‘jaligi rahbarlari, sohaning jonkuyar mutaxassislariga samimiy minnatdorchilik bildiraman – deyiladi tuman hokimi tabrigida

 

Tadbir davomida "Ilg‘or fermer" va "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishonlari hamda sohadagi samarali faoliyatlari uchun qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermer xo‘jaligi rahbarlariga tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi