Ijtimoiy tarmoqlarda "Xonqadagi ko‘prik nega taʼmirlanmadi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. | xonqahokimiyat.uz

 2025-05-13 11:35:00 156 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xonqadagi ko‘prik nega taʼmirlanmadi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Unda Xonqa tumani hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanuvdagi davlat ahamiyatidagi 4r156 Urganch- Xonqa- Xazorasp avtomobil yo‘lining  Polvon kanali ko‘prigi haqida so‘z boradi. 

Ayni vaqtda mazkur ko‘prikning beton qatlami yemirilish natijasida yoriqlar paydo bo‘lib, avariya holatga kelib qolgan. Shu sababli hududda harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida ko‘prik yopilgan.

Hozirda "Urganch-Xonqa-Hazorasp-Toshsoqa orqali-Amudaryo-A380  avtomobil yo‘lining 84 km qismini sementbeton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish” loyihasi ishlab chiqilgan va bosh pudratchilarni aniqlash uchun xalqaro tender savdolariga qo‘yilgan.

Durgadik ko‘prigi xam yuqoridagi loyiha doirasida qayta qurilishi rejalashtirilgan.

Haydovchilardan yo‘llarda harakatlanishda xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini va xushyorlikni yo‘qotmasliklarini so‘rab qolamiz.