Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda nogironlar ko‘chaga haydalmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Unda Xonqa tumani, Shirin mahallasida yashovchi fuqaro Ro‘zmetov Umid Alimovich nogironligi sababli imtiyozli kredit asosida uy bilan taʼminlangan. Biroq 2022-yilga kelib, kredit qarzdorligini to‘lay olmay qolganligi natijasida ish sudga oshirilib, uy olib qo‘yilgani, to‘langan kredit mablag‘lari “kuyib” ketgani bildirilgan.
Aslida bu holatda aybdor kim?
Imtiyoz asosida uy olishga ko‘maklashgan mutasaddilarmi?
Qonun ustuvorligini taʼminlagan MIB xodimlarimi? yoki qayta ogohlantirishlarga qaramasdan qarzdorlikni to‘lamagan fuqaromi?
Davlat rahbarining “2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga bilan U.Ro‘zmetovga 2018 yil 8 oktyabrda umumiy yer maydoni 200 kv.metr bo‘lgan 1 qavatli xanodon 20 yil muddatga 154 million 600 ming so‘m ipoteka krediti asosida topshiriladi.
Bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan U.Ro‘zmetov kredit mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lamagan va muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.
Natijada 2022-yil 14-noyabr kuni Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasiga daʼvo ariza kiritilgan
2023-yil 5 yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi hal qiluv qarorini chiqargan. Ijro varaqasi yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish, undiruv garov mulkiga yaʼni U.Ro‘zmetovga tegishli xonadonga qaratish bo‘yicha MIB Xonqa tuman bo‘limiga o‘tkazilgan.
2023-yilning 9 martida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorlarga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida ijro hujjati talabi bajarilmagach 2024-yil 12 fevralda garov mulki xatlanib, agar qarzdorlik to‘lanmagan taqdirda undiruv ushbu garov mulkiga qaratilishi to‘g‘risida xabarnoma berilgan.
Shunga qaramasdan fuqaro U.Ro‘zmetov tomonidan qarzdorlik to‘lanmagan va 27-may kuni garov mulki elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilgan. Ijro ishi bo‘yicha 2024-yilning 16 Sentabr sanasida auksion savdolarida javobgar U.Ro‘zmetovga tegishli uy sotilgan. Sotuvdan tushgan pul mablag‘i undiruvchi ATB «Qishloqqurilishbank» Xorazm viloyat hududiy filiali foydasiga o‘tkazilib, ijro hujjati yakunlangan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi, aslida bu holatda aybdor kim?
Imtiyoz asosida uy olishga ko‘maklashgan mutasaddilarmi?
Qonun ustuvorligini taʼminlagan MIB xodimlarimi? yoki qayta ogohlantirishlarga qaramasdan qarzdorlikni to‘lamagan fuqaromi?
Har galgidek xulosa o‘zingizdan