Tumandagi 27-maktab o‘quvchilari o‘qish bilan bir qatorda hunar va bir nechta til o‘rganadi. | xonqahokimiyat.uz

 2024-12-14 12:55:00 244 Chop etish

 

Mahalliy budget mablag‘lari hisobidan maktabda boshlangan qurilish ishlari yakunlanib, qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi.     

 Mazkur binoda tikuvchilik, duradgorlik, IT sohasi  hamda xorijiy tillar to‘garaklari allaqachon faoliyatini boshlagan. Shuningdek, zamonaviy jihozlangan kutubxona va mutolaa xonalari ham yoshlar ihtiyorida.  

Tuman hokimi Murodbek Davlatov mashg‘ulotlar jarayonlari bilan tanisharkan kelgusida malakali kadrlarni shakillantirish maqsadida tikuvchilik fabrikalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.