Xonqa tuman IIB tomonidan 2025 yil 5 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarlikka oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar | xonqahokimiyat.uz

 2025-06-03 12:23:00 182 Chop etish

 

Joriy yilning 5 oyi yakunida, o‘tgan yilning shu davrga nisbatan Xonqa tumani hududida jami qayd etilgan jinoyatlar
60,5 foizga (38-61) yoki 23 taga ko‘paygan.

Shundan:

 

Og‘ir turdagi jinoyatlar 15 taga (6-21) yoki 250 foizga oshgan;

O‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 1 taga (2-3)  yoki 50 foizga oshgan.

 

 

Jami qayd qilingan 61 ta jinoyatlarning:

 

-21 tasi (34,4 foizi) tashabbus bilan aniqlangan jinoyatlar;

-27 tasi (44,3 foizi) oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar;

-13 tasi (21,3 foizi)  kiberjinoyatlar tashkil qiladi.

Jinoyat turlaridan bosqinchilik, talonchilik, bezorilik, nomusga tegish, oilaviy zo‘ravonlik, o‘zga mulkni nobud qilish, avtotransport vositalarini haydab qochish jinoyatlari sodir etilmadi.

Lekin, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yetarli darajada tashkil etilmaganligi sababli, ayrim yo‘nalishlarda kutilgan natijalarga to‘liq erishilmadi. Jumladan

-yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
(7-12) 5 taga oshib ketishiga yo‘l qo‘yildi.

       

Barcha ishlarimizni “mahallabay” tashkil qilib, mahalla jinoyatchiligini jilovlash, aholi o‘rtasida yechimini topmasdan kelayotgan muammolarni manzilli aniqlab, bartaraf etish bo‘yicha ishlar samarasiz tashkil etilganligi hamda bu yo‘nalishda mahalla bilan hamkorlik yetarli yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida, tuman hududidagi 44 ta mahallalarning ayrimlarida quyidagi jinoyatdarni sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilgan.

 

Jumladan, tumanning-

 

- Guliston maxallasida 3 ta, Paxtakor maxallasida 2 ta, Gulg‘uncha, Durgadik, Katta kuch  va Paxtakor mahallalarida 1 tadan o‘g‘irlik;

-Nurafshon va Do‘rmon maxallalarida 1 tadan Og‘ir tan jaroxati yetkazish jinoyatlari sodir qilingan.

Maxalla yettiligi, keng jamoatchilik, otinoyilar va yoshlarimiz imkoniyatlaridan keng foydalangan holda, mahallalar kesimida manzilli ishlar tashkil qilinib, 96 ta notinch oilalar aniqlanib, nazoratga olindi va ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, ichki ishlar bo‘limining profilaktik hisobida bo‘lgan 972 nafar shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borildi.

Tumanda sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilgan jinoyatlardan
3 ta firibgarlik jinoyatlari umumiy jinoyatlarning
4,9 foizini
tashkil qilib, 1 taga (2-3) yaʼni 50 foizga oshgan.

Firibgarlik jinoyati taxlil qilinganida,

-O.B. ismli shaxs O‘.K. ismli shaxsni ishonchiga kirib ishga kiritib qo‘yishni vaʼda berib 4.000 AQSH dollar pullarni olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. 

Birinchidan bu jinoyatlar tezkor vaziyatga taʼsir ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchidan bu raqamlar fuqarolarimizning huquqiy bilim saviyasi yetishmasligi, bu borada ko‘proq ishlashimiz kerakligini ko‘rsatdi.

        

           Tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish ishlariga barcha kuch va vositalarni jalb qilgan holda ish tashkil etib, fuqarolarimizni tinch va osoyishta yashashi va mehnat qilishi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘ramiz.

 

 

Xonqa tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik S.R.Vapayev