Xonqalik yoshlar Markaziy Osiyo xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldilar | xonqahokimiyat.uz
Kurash bo‘yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Markaziy Osiyo xalqaro turnirida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlaridan kurashchi polvonlar ishtirok etishdi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda xonqalik Charosoy O‘ktamova o‘z vazn toifasida 1- o‘rinni, Dinora Samandarova esa 3- o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo chempioni bo‘ldi.
Tuman rahbari Ulug‘bek Davlatov sportchilarni g‘alaba bilan qutlab, yoshlarga zafarlar tiladi.