Yil davomida tumanda 112 kilometr uzunlikdagi ichki xo‘jalik ariqlari betonlashtiriladi  | xonqahokimiyat.uz

 2025-02-03 05:19:00 82 Chop etish

 

So‘nggi yillarda havo haroratning ko‘tarilishi suv resurslaridan oqilona foydalanishni talab etmoqda 

Ayniqsa qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orishda yangicha yondashuv davr talabiga aylangan.        

Tumanda 932 kilometrdan oshiq ichki ariqlar mavjud bo‘lib, 2024-yilda shundan  217 kilometrga yaqin qismi betonlashtirildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar natijada ichki xo‘jalik kanallarida suv yo‘qolishi kamayishiga erishilib, oqar suv iqtisod qilinadi.