Yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar muhokamasi o‘tkazildi. | xonqahokimiyat.uz

 2025-02-26 02:07:00 109 Chop etish

Dastlab, tuman hokimi Murodbek Davlatov O‘tgan 2024-yil davomida yoshlar tomonidan 30 dan ortiq turli darajadagi jinoyatlar sodir etilganligi va bu borada kelgusidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan yo‘l xarita asosida yoshlar muammolarini bevosita mahallada hal etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, o‘z tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlarning yutuqlari ham eʼtirof etildi