Ramazon oyi Qurʼoni karim barokati, go‘zal xulqning fazilatlari bilan ziynatlangan muqaddas oydir. Bu ulug‘ oyda qilanajak duolar ijobat bo‘ladi, ibodat va xayrli amallarning ajri yuksaladi.

Bugun “Guliston” mahallasida yashovchi 11 yil oldin mudhish avto halokat oqibatida birinchi guruh nogironi bo‘lib qolgan Ziynat Toyirov xonadonida iftorlik dasturxoni tuzildi.

Unda tuman hokimi Murodbek Davlatov, mahalla nuroniylari, oila vakillari ishtirok etdilar.

Fayzli dasturxon atrofida tutgan ro‘zalarini Alloh o‘z dargohiga qabul qilishini so‘rab duo qildilar, tinchligimizga yana bir karra shukrona aytdilar.