Hududdagi chiqindilar bartaraf qilindi | xonqahokimiyat.uz

 2025-01-28 03:48:00 51 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chiqindi bilan bog‘li muammo" sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan munosabat.

Unda Xonqa tumani Do‘rmon mahallasi hududidagi zaxkash va ariq bo‘ylariga chiqindilar tashlab ketilayotgani keltiriladi.

Mazkur xabar yuzasidan Xonqa tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari hamda " Eko Klaater" xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Yakunda hududdagi chiqindilar tezkorlik bilan bartaraf etilganini maʼlum qilamiz.