Tuman markazidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu hududda yashovchilarning yana bir bir tashvishi yengillashdi. Endi tibbiy xizmatlar uchun olis yo‘l yurishning hojati yo‘q, mahallada yangi ish boshlagan tibbiy muassasaga murojaat qiladilar.
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan chekka hududlarda ana shunday tibbiyot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Xonqa tumanida ham 5 ta “Mahalla tibbiyot punktlari" barpo etiladi.
Bugun Navhos qishlog‘i “Madaniyat" mahallasida "Mahalla tibbiyot punkti" o‘z faoliyatini boshladi
Ochilish marosimida tuman hokimi Murodbek Davlatov so‘zga chiqib, Davlat rahbari tomonidan ilgani surilayotgan “Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” tamoyili asosida aynan tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi
Shuningdek, tadbirda mahalla faxriylari ham so‘z oldilar va "Obod mahalla" dasturi doirasida jadal suratlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini alohida taʼkidlab o‘tdilar
49 - sonli oilaviy poliklinikasi qoshida “Mahalla tibbiyot punkti" sifatida yangi ish boshlagan tibbiy maskanda 2 nafar umumiy oila shifokori, 8 nafar potranaj hamda emlash hamshiralari faoliyati yo‘lga qo‘yildi va kunduzgi statsionar davolash xizmatlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, Street workout maydonchasi ham mahalla yoshlari ixtiyoriga topshirildi
Ayni kunlarda shunday maydonchalar tumanimizning barcha hududlarida, mahallalarda bunyod etilmoqda.
Yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtlarini sog‘lom turmush tarzi bilan boyitishlari va mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan mazkur maydonchadan turli sport jihozlari o‘rin olgan.