Obodonlashtirish boshqarmasi qoshida navbatchilik otryadlari tashkil etilgan | xonqahokimiyat.uz

 2025-01-28 03:28:00 36 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xonqa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini dam olish kunlari ham ishlatmoqda" sarlavhasi ostida  tarqalgan xabar yuzasidan Rasmiy munosabat.

 Qish mavsumida  hududda tabiiy hodisa natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni bartaraf qilish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish  maqsadida Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi qoshida navbatchilik otryadlari tashkil etilgan.

Mazkur otryadlar  20 nafar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan bo‘lib, grafik asosida haftaning yakshanba kunlari ham hududlarda ish olib borishadi.