Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-10-24 06:38:00 301 Chop etish

“Paxtagul” hamda “ Do‘rmon” mahallasi yoshlariga 1000 ta kitob sovg‘a etildi  

Mahalla yoshlarini kitobxonlikka qiziqtirib, kitob mutolaasiga jalb etishga doir loyihalarning ko‘pligi so‘nggi yillarda yurtimizda sohaga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning natijalaridan biridir.

 

Jumladan,"Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovining qisqa vaqtda mamlakatimiz bo‘ylab keng ommalashgani, yoshu-qarini qiziqtirgani bunga yaqqol misoldir

 

Bugun tuman hokimligi tomonidan “Paxtagul” hamda “Do‘rmon” mahallasi yoshlariga 1000 ta milliy va jahon adabiyotining durdona asarlaridan iborat kitoblar to‘plami sovg‘a etildi.

 

Tadbirda tuman hokimi Murodbek Davlatov ishtirok etib, yoshlarga Davlatimiz rahbarining yuksak ishonchini yana bir karra eslatdi va  kelgusida yurtimiz ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan komil insonlar bo‘lib yetishlarini tiladi