Xususan, hududlarda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda ularning faoliyatlarini yana-da rivojlantirish maqsadida Respublika ishchi guruhi vakillari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotilar tashkil etilmoqda.
Bugun Xonqa tumanida navbatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari U. Ismoilov, Markaziy banki masʼul xodimi N.Saparovlar ishtirok etdilar.
Muloqotda Xonqa, Yangiariq hamda Bog‘ot tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘zlarini uzoq muddatlardan buyon yechim izlayotgan masalalari yuzasidan murojaatlarini bildirishdi.