Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-01-05 10:10:00 581 Chop etish

2022 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida
teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish
o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to’g’risida

 

O’zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to’g’risida”gi O‘RQ 642-sonli Qonuni
hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5 dekabrdagi 965-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat
bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish
o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan,
tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng
shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng
kam sonini belgilash maqsadida
QAROR QILAMAN:
1. Xonqa tumanida 2022-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda
qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga
joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo’yicha korxonalar, muassasalar
va tashkilotlar ro’yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qarorning 1-ilovasida ko’rsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda
xodimlarning ro’yxati bo’yicha o’rtacha sonidan kelib chiqqan holda 91 kishini tashkil etadigan,
shu jumladan:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki
onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun 12 ta ish o’rni;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar
kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar, “Mehribonlik”
uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha
ta’lim olgan bitiruvchilari uchun 72 ta ish o’rni;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda
vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi
muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun 3 ta ish o’rni;
e-qaror.gov.uz 05.01.2022
2
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 ta ish o’rni;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun 2 ta ish o’rni;
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish o’rinlari xodimlar tomonidan o’zlarining mehnat
majburyatlarini to’siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya va gigiena normalari va mehnat
sharoitlariga muvofiq bo’lishi ta’minlansin, shu jumladan:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki
onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun — bolalarni tarbiyalash
majburiyatlari va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi
ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rinlari;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar
kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan hamda “Mehribonlik” uylari
bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga hamda mutaxassisligiga muvofiq bo‘lgan
ish o‘rinlari;
muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilganlar uchun ularning professional tayyorgarligiga
mos bo‘lgan ish o‘rinlari;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan
o‘tkazilgan va xodimga sog‘lig‘ining holatini hamda mehnat faoliyatiga doir belgilangan qarshi
ko‘rsatmalar hisobga olingan holda mehnat majburiyatlarini moneliksiz bajarish imkonini
beradigan ish o‘rinlari.
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos bo‘lgan yoki
maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun - ularning kasbiy
tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda
yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari xarakterli talablarga muvofiq bo‘lgan
mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rinlari tashkil qilinsin.
4. Tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda
qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga
joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va
mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarga ko’rsatilgan ish o’rinlari
tashkil etilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “O‘zbekiston
e-qaror.gov.uz 05.01.2022
3
Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va
grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda ro’yxatga olingan, ro’yxat raqami 3163)
buyrug’iga asosan subsidiya ajratib berish tartibi bo’yicha ijtimoiy ehtiyojmand aholi
qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan
tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining
2 baravari miqdorida haq to‘lash belgilanganligi inobatga olinsin.
7. Ushbu qarorning ikkinchi ilovasida ko’rsatilgan korxona, tashkilot va muassasalarda
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda
raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar
tashkil qilinsin.
8. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng
shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish bo’yicha
mazkur qaror ijrosini bajarmagan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mansabdor
shahslariga O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga ko’ra
ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
9. Xonqa tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi besh kun muddatda ushbu
qarorni 1-ilovasida ko’rsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari e’tiboriga
yetkazsin.
10. Ushbu qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan tuman hokimining
2020-yil 25-sentabrdagi 956Q-sonli qarori o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
12. Tuman hokimligining axborot hizmati boshlig‘i (SH.Xujaniyozo‘v) mazkur qarorni
tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
13. Ushbu qaror “Xonqa hayoti” gazetasida e’lon qilinsin.
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o’rinbosari
(X.Qurbonov) tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi direktori R.Yusupov zimmasiga
yuklatilsin