Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab maktabgacha taʼlim sohasini takomillashtirish, qamrov darajasini oshirish, bolajonlarga yetarlicha sharoitlar yaratilishi borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan “Ehtirom” mahallasida joylashgan 1960 - yillarda qurilgan 27- sonli Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi bugun yangicha qiyofada qad ko‘tardi.
Tadbirda tuman hokimi Murodbek Davlatov, mahalla faxriylari, hamda soha xodimlari ishtirok etdilar
Bugungi kunda tumanda 41 ta Davlat, 3 ta DXSH hamda 59 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.
O‘tgan davr mobaynida 50 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maskan taʼmirtalab holatga kelib qolgan bo‘lsada ehtiyoj tufayli 100 nafarga yaqin bolajonlar tarbiyalanmoqda edi
Bugun zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti mahalladagi 120 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida muassasa bog‘iga mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar