Tumanda Yoshlarga oid davlat dasturi hamda IIOlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bandligini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning 2024 yil 9 may kunidagi 150-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida tadbirkorlar faoliyati ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra "Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor" nominatsiyasida “Qoraqosh taʼmir plast” xususiy korxonasi tumandagi 3-sektor bosqichi g‘olibi deb topilib, tuman IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.