Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-03-25 11:07:00 241 Chop etish

AKT xizmatlaridan foydalanishda muammo va takliflar bo‘yicha sayyor qabulga o‘tkaziladi

 

Xorazm viloyati Xonqa tumanida AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring

Xorazm viloyati Xonqa tumanida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomondan vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va mobil aloqa operatorlarining Xorazm viloyati bo‘linmalari  rahbar va mutaxassislari ishtirokida 2023-yil 27-mart kuni soat 11:00 da sayyor qabul o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi.

Manzil: Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Ezgulik mahallasi, Bobur ko‘chasi 38-uyda joylashgan Xonqa tumani 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosi.

Ma’lumot uchun telefon: 62-225-49-42.