+998623991673
Хонқа тумани. Хонқа шаҳарчаси Халқлар дўстлиги кўчаси 30 уй, 220800
Aholi muammolari bilan ishlash sohasi yangi tizimga o‘tilmoqda
Декабрь 02, 2022 Xo'janiyazov Shohrux 257

Aholi muammolari bilan ishlash sohasi yangi tizimga o‘tilmoqda

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq aholi muammolari bilan ishlash sohasida yangi tizim joriy etilmoqda. Tajriba sifatida Xorazm viloyatining Xonqa tumani tanlab olindi.

 

Unga ko‘ra, har bir tashkilot mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi sektorlar kesimida tumandagi 44 ta mahallada faoliyat olib boradi.

 

Ishchi guruhi uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rishi, jarayonda asosiy eʼtibor og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan insonlarni qiynayotgan masalalarga yechim topishga qaratiladi.

 

Mahalla vakillari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar davomida har bir holatga masʼuliyat bilan yondashgan holda belgilangan talablar asosida ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

 

 

 

Тарқатиш: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Хонқа туман ҳокимига мурожаат юбориш
Сизга Хонқа туман ҳокимига электрон имзодан фойдаланмаган ҳолда бевосита электрон тарзда мурожаатларни юбориш имкониятини тақдим этади. Сизнинг мурожаатингизга тез кунда жавоб берилади.