Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2022-12-24 09:07:00 308 Chop etish

Aholi muammolari bilan ishlashda yangi tizim

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan sektorlar rahbarlarining aholi muammolari bilan ishlashi yangi tizim asosida tashkil etilmoqda.

 

Bunda aholi bilan muloqot yangicha yondashuv eng og‘ir, eng chekka, eng olis hududlarga chiqqan holda, mahallama-mahalla, qishloqma-qishloq, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganish asosida tashkil etishga kirishildi.

 

Tuman hokimi “Shirin” mahallasiga tashrifi davomida 45 yil traktorchilik bilan shug‘ullangan Ahmad ota xonadonida bo‘ldi.

 

Ulkan hayotiy tajriba egasi Ahmad ota  bilan kechgan samimiy suhbat uzoq davom etdi va tarixiy voqealarga ulanib ketdi.

 

Men faqat yangiliklarni ko‘raman yurtimiz bo‘ylab har kuni o‘zgarish va yangilanish ishlari olib borilmoqda – deya qo‘shib qo‘ydi Otaxon o‘zi yaratgan kichik ixtirolari haqida gapirarkan.