Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-06-25 07:02:00 103 Chop etish

Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi maʼlumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ko‘chalarga nom va xonadonlarga raqam belgilari o‘rnatilmaganligi ro‘yxatga oluvchi xodimlar uchun xonadonlarni to‘g‘ri topib borishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shuningdek, xonadonlarni to‘liq raqamlash tez yordam, yong‘inga qarshi kurashish, ichki ishlar va shu kabi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi organlar faoliyati uchun ham muhim hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olishni xalqaro talablarga mos ravishda yuqori saviyada o‘tkazilishini taʼminlash aholi punktlari xaritalarining aniqligiga va hududlarda aholi yashaydigan turar joylarning to‘liq raqamlanganligiga bevosita bog‘liqdir. Aholini ro‘yxatga olish respublika miqyosidagi keng ko‘lamli dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir hisoblanadi.

 Viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari tomonidan shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida aholi punktlari va ko‘chalarning nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlanganlik holatini tanlanma ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Xonqa tumanidagi  mahalla fuqarolar yig‘inlarida  tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi boshchiligida mahalla bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar turar va noturar joylarning aniq soni, ular  joylashishining kartografik chizmalarga mosligini, nomsiz ko‘chalarga nom berish va raqamsiz xonadonlarni raqamlashtirish ishlarining holatini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralarini amalga oshirib bormoqdalar.

Xonqa tumanida  44 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Yuqoridagi jarayon barcha turar va noturar obyektlarni qamrab olgan bo‘lib, o‘rganish natijalari bo‘yicha barcha masalalar  tuman hokimligi qoshida tashkil etilgan  Tuman hokimligi huzuridagi aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama etilib, ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar belgilab olinadi.