Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2021-12-29 09:54:00 588 Chop etish

Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

O‘z navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.

Shu boisdan ushbu tadbirda aholining to‘liq qamrab olinishi, uning natijasida olinadigan ma’lumotlarning to‘laqonli, aniq va to‘g‘riligini belgilab beradi.

2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan mazkur tadbirga tayyorgarlik va targ‘ibot ishlarining bugundan boshlab yuborilganligi esa, aholining keng qatlamiga uning ahamiyatini tushuntirish, yalpi ro‘yxatga olish ishlarini xalqaro standartlar talabiga mos ravishda o‘tkazish va shu orqali kutilgan natijaga erishish maqsadini ko‘zlaydi.