Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-03-05 09:14:00 197 Chop etish

Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar boʻyicha batafsil maʼlumot toʻplashning eng samarali usuli aholini roʻyxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Koʻpchilik insonlar aholini roʻyxatga olish amaliyotini statistik maʼlumotlar toʻplash tadbirlarining bir koʻrinishi, deb tushunadi. Ammo bu shunchaki statistika emas, balki mamlakat aholisining maʼlum bir vaqtdagi fotosuratini koʻrish imkoniyatini beradigan yirik miqyosdagi tadbir hisoblanadi.

Mazkur davlat darajasidagi keng koʻlamli, koʻp vaqt va mablagʻ talab etadigan tadbirni oʻtkazish uchun xalqaro talablarga muvofiq 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi. Ushbu amaliyot mustaqillik yillarida respublikamizda ilk bor oʻtkazilayotganini inobatga olib, uni tashkil etishga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida  tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala aholi oʻrtasida roʻyxatga olishda faol ishtirok etish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish hisoblanadi, asosida maxsus oʻqitiladi. Ular uchun uslubiy qoʻllanma va videodarsliklar ishlab chiqilib, zarur hollarda, qoʻshimcha maslahatlar beriladi.

Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini xalqaro talablarga mos
va sifatli oʻtkazishda kartografik materiallarning aniqligi
ham muhim hisoblanadi.

 Aholini roʻyxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

aholining sogʻligʻini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi oʻzgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini kengaytirish;

shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, oʻrta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;

aholini roʻyxatga olishlar oraligʻidagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.

Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

davriylik;

umumiylik va bir paytdalik;

roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi;

shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi;

aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.

Axborot bazasi mamlakatning  har bir fuqarosi haqidagi aniq va eʼtiborga loyiq maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Fuqaro toʻgʻrisidagi eng muhim maʼlumot uning ismi va familiyasi, tugʻilgan joyi va sanasi, hamda fuqaroligidir.

 Shuningdek, fuqaroning oilaviy ahvoli (turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi) va yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot ham muhimdir.

Bugungi kunda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar quyidagi yoʻnalishlarda olib borilmoqda. Taʼlim muassasalari, idora va tashkilotlarda tadbirning targʻibotini oʻtkazish, mahallalarda xonadonlarni raqamlashtirish, koʻchalarga nom belgilarini  oʻrnatilishini monitoringini oʻtkazish, mahalliy hokimliklarga olib borilgan oʻrganishlar natijalari va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha maʼlumotnomalar taqdim qilish,  bajarilgan ishlar yuzasidan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyishga eʼtibor qaratilmoqda.

Targʻibot-bunda xamkasblarimiz bilan birgalikda Oliy va oʻrta talim mussasalarida seminar va davra suxbatlari olib borilmokda yoshlarni bugungi kundagi aholini roʻyxatga olish jarayonlari boʻyicha savollarga javoblar berilib kelmokda bundan maqsadimiz fuqorolarda ertaga ish jarayonida  berilgan savollarga toʻgʻri aniq javoblar olish.

Mahallalarda xonadonlarni raqamlashtirish-roʻyxatga olish xodimlarimiz ertaga ish jarayonlarida xar bir uyni borganda raqam boʻlishi kerak chunki bazada bir uy ikki marta takrorlanmasligi raqamsiz xonodon qolmasligi kerak.Afsuski oramizda shunday kamchiliklarga koʻp uchromoqdamiz xonodon raqamiga axamiyat bermaydigan fuqorolarimiz ham yoʻq emas ekan ularga xam joyda xonadonlarga raqamlarni ilib qoʻyishlik kerakligi toʻgʻrisida tushuncha berilib bormokda.Bu nafaqat biz uchun oʻzlari uchun xam yaxshi ertaga uyni aniq topib borishga imkon beradi.

Koʻchalarga nom belgilarini  oʻrnatilishini-yuqorda aytib oʻtirilganidek koʻchalar nomi xam bir maxallada ikkimarta takrorlamasligi nomsiz koʻchalarga nomlar oʻrnatish boʻyicha maxalla fukorolari bilan birgalikda faol ishlar amalga oshirilmoqda.Axoli orasida savollarga joyida tushuncha berili borilmoqda.

Mahalliy hokimliklarga olib borilgan oʻrganishlar natijalari va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha maʼlumotnomalar taqdim qilindi. Natijada ular tomonidan  bajarilgan ishlar yuzasidan axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi-Bugungi kunda Xorazm viloyati boʻyicha 531 maxalla mavjud boʻlib shundan registratorlar tamonidan anqlangan raqamsiz xonadonlar soni - 50 047 tashkil qilsa,shundan viloyat xokimligi bayoni ijrosi yakuni boʻyicha raqam oʻrnatilganlar soni - 39 260 tani tashkil qilgan bu jamiga nisbati 78 foizni tashkil qiladi degani.

 

Xasanov Sirojiddin

Xonqa tuman statistika boʻlimi boshligʻi