Hayotda to‘g‘ri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Shu sababdan ham kishi o‘zi uchun sevimli hunarni o‘rganishi, o‘zi yoqqan kasb bilan shug‘ullanishi kerak.
Joylarda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda
Xususan, Respublika ishchi guruhi tomonidan Xonqa tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Amudaryo qishlog‘i Tayanch mahallasida Bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada 156 ta korxona va tashkilotlar 786 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar Tuman bo‘ylab kelgan eldoshlarimiz taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar
Shuningdek, bir guruh xotin -qizlar hamda yoshlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyolarlash, qayta tayyorlash uchun yo‘llanmalar berildi.
Yarmarka davomida tajribali tibbiy jamoa tomonidan "Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun" shiori ostida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Aholi salomatligini doimiy ravishda kuzatib borish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini ular yashayotgan manzil va mahallalarda muntazam tibbiy ko‘riklar olib borilmoqda.
Bugungi ko‘rik davomida salomatlik ko‘rsatkichi o‘ta og‘ir fuqarolarni statsionar va ambulator davolash choralari ko‘rildi.
Shu bilan bir qatorda mutaxassislar aholiga inson salomatligini saqlashda muhim sanalgan sog‘lom ovqatlanish qoidalari, jismoniy faollik va uning afzalliklari to‘g‘risida tavsiyalar berdi.