Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Sh. X. Alirizayev bugun tumanimizda bo‘lib, bozorlardagi narx-navo masalalarini o‘rgandi.

Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari hamrohligida bozor rastalarida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari va narx-navolar bilan tanishdilar

Shuningdek, bir mahalla tajribasi asosida uy sharoitida mahsulotlar yetishtirishni va tayyorlashni keng yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi va bu boradagi vazifalar belgilab olindi


